Erve Renar: "Hakimiy "Oltin to‘p"ga loyiq"

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 10:22
  • 45
  • 30

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar "PSJ" himoyachisi Ashraf Hakimiy "Oltin to‘p"ga loyiq, degan fikrni bildirdi.

"Uning taraqqiyoti hayratlanarli. "Borussiya"dan "Inter", keyin "Pari Sen-Jermen"gacha - Hakimiy faqat top-klublarda o‘ynagan, bu uning haqiqiy iste’dodidan dalolat beradi. U hozirda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Men uchun u - bu yilgi "Oltin to‘p" sohibi, chunki u barcha o‘yinlarida o‘ziga xos, izchil va qat’iyatli edi. Bugungi kunda Hakimiy qit’aning eng yaxshi futbolchisi. Va uning yoshligini (26 yosh) hisobga olsak, u hali o‘zining eng yuqori cho‘qqisidan uzoqda," - deya Renarning so‘zlarini keltiradi 360 Sport.

26 yoshli marokashlik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Renar 2016 yildan 2019 yilgacha Marokash terma jamoasini boshqargan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar