"Barselona" ikki futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 11:40
  • 57
  • 30

"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya va yarim himoyachi Oriol Romeu yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin.

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar har ikki futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Klub ularga shartnomaning oxirgi yili uchun maosh va o'zaro kelishuvga ko'ra hamkorlikni to'xtatishni taklif qiladi.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchilari bilan 24 iyulgacha, yani ular Osiyo mamlakatlari bo'ylab turnega jo'nab ketguncha xayrlashish niyatida. Bu vaqtga kelib ular 10 million evroga baholangan forvard Pau Viktorni ham sotmoqchi.

Yaqin kelajakda "Barselona"ni tark etishi mumkin bo'lgan boshqa futbolchilar ham bor. Kataloniyaliklar moliyaviy ahvolni yaxshilash va yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolash uchun futbolchilarni sotishga majbur.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar