Taniqli insayder Nikolo Skmraning so'zlariga ko'ra, agentlar ispaniyalikni turinliklarga taklif qilgan. Shu bilan birga, 34 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida "Yuventus"ning ustuvor maqsadi emasligi qayd etilgan.
Vaskes hozirda erkin agent hisoblanadi. U "Real" safida 10 mavsumda 402 ta o'yin o'tkazib, 23 ta sovrinni qo'lga kiritgan.