JCHda munosib ishtirok etish uchun murabbiylar shtabi tarkibini takomillashtirish maqsad qilingan - O'FA

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 18:48
  • 72
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

"Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir.

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan bu borada barcha yo'nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, futbolchilarning jismoniy holatini oshirish, raqib jamoalarni chuqur tahlil qilish, tibbiy xizmat faoliyatini kuchaytirish, murabbiylar shtabi tarkibini takomillashtirish, psixologik tayyorgarlikni mustahkamlash, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida mashg'ulot jarayonlarini optimallashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali terma jamoaning musobaqaga eng yaxshi sport formasida tayyorlash maqsad qilingan.

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda milliy terma jamoaga oid turli xabarlar tarqalmoqda. Shuni malum qilamizki, Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni aniq reja asosida ketmoqda va barcha yo'nalishlarni kuchaytirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi rasmiy va tasdiqlangan malumotlar O'zbekiston futbol associaciyasining rasmiy sahifalari orqali elon qilinadi", – deyiladi associaciya matbuot xizmati bergan xabarda.

Avvalroq O'FA Yoaxim Lyov va Slaven Bilich kabi taniqli murabbiylar bilan muzokara olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar