Alisher Odilov "Navbahor" va uning muxlislari bilan xayrlashdi. Uning keyingi jamoasi malum

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 19:32
  • 54
  • 30

"Navbahor" vingeri Aliger Odilov Instagram'dagi sahifasida muxlislarga xayrlashuv maktubi yozdi.

"Assalomu alaykum, menga qadrli bo'lgan "Navbahor" muxlislari! Sizlar bilan kam bo'lsa-da, 1 mavsum davomida birga bo'lganimdan juda xursand bo'ldim. Gol urishim va golli pas uzatishimda sizlarning hissangiz katta. "Navbahor" menda iliq taassurot qoldirdi. 

Meni emas, Allohni aytgani bo'ladi. Men qaerda bo'lsam ham, "Navbahor" muxlislari men bilan ekanligiga ishonaman. Sizlarni yaxshi ko'raman", – deya yozib qoldirdi Odilov.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum namanganliklar tarkibida 19 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. U keyingi faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar