AS xabariga ko'ra, Milan klubi 25 yoshli ispaniyalikning agenti bilan allaqachon muzokaralar olib bormoqda. Qayd etilishicha, transfer "rossoneri"ning yangi futbolchisi va "Real" afsonasi Luka Modrich tomonidan maqullangan. Xorvatiyalik futbolchi yangi klubini transfer ishlarida qo'llab-quvvatlab turibdi.
"Real" yaqinda "Benfika"dan Alvaro Karrerani safiga qo'shib olgandi. Demak, endi Garsiya boshlang'ich tarkibdagi joy uchun u va Ferlan Mendi bilan kurashishi kerak bo'ladi.
Garsiya o'tgan mavsum "Real" libosida 54 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.