Kuala Lumpur shahrida OFKning 8-tibbiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  • Mr.NoBoDy 26.07.2025 14:05
  • 129
  • 30

Kuala Lumpur shahrida OFKning 8-tibbiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli anjuman futbol tibbiyoti sohasidagi eng yangi innovatsion texnologiyalar va metodikalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Kongress davomida turli iqlim sharoitlarida futbolchilarni himoya qilish, jarohatlarning oldini olish, tiklanish jarayonlari va jarohatlarni davolashning zamonaviy usullari kabi mavzular bo‘yicha keng qamrovli ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiyada dunyoning eng yetakchi shifokorlari, fizioterapevtlar va futbol tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar qatnashishdi va futbolchilar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, dietologiya va sportchilar salomatligini qo‘llab-quvvatlashning ilmiy yondashuvlari bo‘yicha ham yangi ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ko‘plab xalqaro mutaxassislar bilan uchrashib, tajriba almashdi. Ma’ruzachilarning taqdimotlari yaqin kunlarda o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib, O‘FA tibbiyot xodimlariga yetkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar