Avvalroq "Bavariya" Dias uchun 65 mln evro taklif qilgani malum bo'lgandi. "Qizillar" kamida 75 mln evro ishlab olishni istamoqda. Xabar qilinishicha, Gordon huddi shuncha pul evaziga qo'lga kiritilishi mumkin.
Transfermarkt portali inglizning narxini 65 mln evroga baholamoqda. Entoni Gordon 2023 yilda "Everton"dan "Nyukasl"ga o'tgandi. Vinger Angliya terma jamoasi safida 12 ta o'yinda bitta gol urgan.