"Real"da ziddiyat: Peres va Alonso o'rtasidagi ilk qarama-qarshiliklar yuzaga chiqdi

  • Mr.NoBoDy 17.07.2025 22:08
  • 72
  • 30

Sport.es nashri xabar berishicha, Madridning "Real" klubida prezident Florentino Peres va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso o'rtasida ilk ixtiloflar kuzatilmoqda

Jumladan, yaqinda o'tkazilgan uchrashuvda "Real" rahbari klubning Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi chiqishidan noroziligini bildirgan.

Bu orada 43 yoshli mutaxassis jamoaga kuchli tayanch yarim himoyachi kerakligini aytib, rahbariyatdan bu poziciyani kuchaytirish uchun mablag' ajratishlarini so'ragan. Ammo bu masalada ham taraflar fikri zid chiqdi. Agar Peres "Manchester Siti" yulduzi Rodri darajasidagi futbolchi transferida turib olgan bo'lsa (bunday yirik transfer hozircha amalga oshishi qiyin), Xabi Alonso unga nisbatan realroq nomzodlarni — "Shtutgart"dan Angelo Shtiller, "Inter"dan Nikolo Barella va "AZ Alkmar"dan Kes Smitni taklif qilgan. Ammo bu nomzodlarni turli sabablarga ko'ra aynan Peres maqullamagan.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real" Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJga yirik 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Reglamentga ko'ra, uchinchi o'rin uchun o'yin ko'zda tutilmagan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar