Braziliyalik futbolchiga "Galatasaroy" davogarlik qilmoqda. Bu haqda jurnalist Yakup Chinar xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, turk grandi bosh murabbiyi Okan Buruk darvozabon bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ammo, Edersonning rafiqasi shaxsiy sabablarga ko'ra Angliyada qolishni xohlaydi.
"Manchester Siti" futbolchini sotishga tayyor, ammo 10 mln evrodan kamiga emas.
Edersonning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.