Nemis klubi "Atletiko"ga 23 yoshli franciyalik hujumkor yarim himoyachi bilan muzokara o'tkazishga rasman ruxsat berdi. Tomonlar allaqachon muloqotning yuqori bosqichida, futbolchining tovon puli esa 23 million evro etib belgilangan. Nemis klubidagilar bu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.
Miyo Bundesliganing o'tgan mavsumida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.