Rasman: "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi APLga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 30.07.2025 15:08
  • 51
  • 30

"Bayer" va Shveycariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Sanderlend" o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Granit Jaka transferini elon qildi. Shveycariyalik yarim himoyachi "qora mushuklar" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bayer" o'z futbolchisi uchun "Sanderlend"dan 20 million evro oladi. Jaka 2023 yildan Leverkuzenda o'ynadi va Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi. U jami 99 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Aytish joizki, shveycariyalik Angliya chempionatini juda yaxshi biladi. Avvalroq u "Arsenal"da o'ynab, ikki marta Angliya Kubogini yutgan va Superkubok egasiga aylangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar