Mavsumning birinchi qismini "Buxoro" tarkibida o'tkazgan hujumchi Shohruz Norxonov endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. 32 yoshli futbolchi navoiyliklar bilan rasman shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, forvard joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.