Rasman: "Qo'qon-1912" yana ikki nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

  • Mr.NoBoDy 30.07.2025 20:56
  • 42
  • 30

Klub davralar oralig'ida o'z tarkibini kuchaytirmoqda.

"Qo'qon-1912" klubi rasman yana ikki nafar futbolchini o'z safiga qo'shib olganini malum qildi. Qo'qonliklar ikkinchi davrada Muhriddin Fazliddinov va Azamat Soyibov yordamidan foydalanishadi. Klub ikki futbolchi bilan rasman shartnoma tuzganini elon qildi.Muhriddin Fazliddinov birinchi davrada "Xorazm" safida o'ynagan. Azamat Soyibov esa qo'qonliklar safiga "OMKM-Semurg'" jamoasidan kelib qo'shildi. Avvalroq, "Qo'qon-1912" o'z safiga Shohruh Gadoevni qo'shib olganini elon qilgandi.



Muhriddin Fazliddinov

Tug'ilgan sanasi: 09.04.2004

Ampulasi: Yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: Paxtakor, Xorazm



Azamat Soyibov

Tug'ilgan sanasi: 20.12.1998

Ampluasi: Darvozabon.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar