Lukas Paketa bo'yicha yakuniy qaror chiqarildi

  • Mr.NoBoDy 31.07.2025 21:08
  • 69
  • 30

"Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketa APLdagi shubhali deb ko'rilgan o'yinlari bo'yicha oqlandi.

Eslatib o'tamiz, Angliya futbol associaciyasi braziliyalik futbolchining chempionatdagi bir qancha sariq kartochkalaridan shubhalangan.

Shubha ostiga futbolchining 2022 yil noyabridan 2023 yil avgustigacha bo'lgan davrdagi "Lester", "Aston Villa", "Lids" va "Bornmut"ga qarshi o'yinlaridagi sariq kartochkalari olingan. Agarda shubhalar tasdig'ini topsa, futbolchi Paketa futboldan bir umrga chetlatilishi mumkin edi.

"Vest Xem" matbuot xizmati Lukas Paketadan barcha ayblovlar olib tashlanganini va Angliya futbol associaciyasining bu yo'ldagi barcha taftish ishlari tugatilganini malum qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar