Rasmus Xoylund: "Yunayted"da qolishni istayman"

  • Mr.NoBoDy 31.07.2025 20:48
  • 69
  • 30

Hujumchi Rasmus Xoylund "Manchester Yunayted"da asosiy tarkib uchun kurashmoqchi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Milan" va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.

"Menimcha rejalarim barchaga ayon - shu erda qolishni va asosiy tarkib uchun kurashishni istayman. Raqobatga tayyorman. Bu meni ilhomlantiradi. Kuchimga ishonaman va barcha voqeliklarni to'g'ri qabul qilaman.

Hali yoshman, odamlar buni esidan chiqarib qo'yishmoqda. Bu yoshgacha hamma ham 100ta gol ura olmaydi. Ko'p narsalarni o'rgandim va endi buni o'yinlarim orqali ko'rishingiz mumkin. Rivojlanishda davom etyapman.

O'tgan mavsum barchamiz uchun qiyin o'tdi. Barchaning fikricha, men yaxshiroq o'ynashim kerak edi. Biroq bu jamoaviy o'yin. Biz yaxshiroq bo'lishimiz kerak. Biz to'g'ri yo'ldamiz va mavsumni sabrsizlik bilan kutyapmiz", - dedi Rasmus.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar