"Nekaksa" futbolchisi Messi jamoasiga qarshi o‘yinda golni Ronaldu uslubida nishonladi (foto)

  • Mr.NoBoDy 03.08.2025 09:11
  • 90
  • 30

"Nekaksa" hujumchisi Rikardo Monreal "Inter Mayami"ga qarshi o‘yinda gol urib, uni Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

Meksikalik futbolchi 81-daqiqada gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1), biroq uning goli g‘alaba keltirmadi: hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jordi Albaning aniq zarbasi maydon egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, keyin esa "Inter Mayami" penaltilar seriyasida aniqroq harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 11-daqiqadayoq jarohat olib maydonni tark etgandi.

Ligalar kubogi guruh bosqichining navbatdagi turida "Inter Mayami" "Pumas"ga qarshi bahs olib borsa, "Nekaksa" "Orlando Siti" bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham 7 avgustga belgilangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar