26 yoshli hujumchining "Milan"dan transferi Greciya klubi rasmiy sayti tomonidan tasdiqlandi.
"Luka, AEK oilasiga xush kelibsan! Senga mustahkam sog'liq va jamoamiz tarkibida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deyiladi Greciya klubi bayonotida.
Yovich "Milan"ga 2023 yilda kelib qo'shilgan va jamoa tarkibida 47 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan. 2024/25 yilgi mavsumda A Seriya va Italiya Kubogida 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritgan.
Serbiyalik forvard faoliyati mobaynida "Crvena Zvezda", "Benfika", "Ayntraxt F", "Real" va "Fiorentina" jamoalari sharafini himoya qilgan.