Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, "Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagi hujumchini transfer bozoridagi ustuvor maqsad deb hisoblamoqda.
"Liverpul" Nunesga Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralar o'tkazishga, shuningdek Inzagi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishga ruxsat berdi. Hozircha "Al Hilol" rasmiy taklif yubormagan.