Lionel Messi "Inter Mayami"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
7 avgustga o‘tar kechasi MLS klubi Ligalar kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida "Pumas"ga qarshi bahs olib boradi.
Argentinalik futbolchi turnirning avvalgi o‘yinida "Nekaksa"ga qarshi o‘yinda (2:2, penaltilar bo‘yicha 5:4) sonining orqa qismidan jarohat olgandi. "Mayami" bosh murabbiyi jarohatni "engil" deb atadi.
"Klub juda aniq bayonot berdi. Bu yengil jarohat va bu yomonlar variantlar orasida yaxshi yangilik.
Biz qaytishni bashorat qilishni yoqtirmaymiz, ayniqsa Leo bilan bog‘liq vaziyatda. U odatda jarohatlardan juda yaxshi tiklanadi va eng muhimi, buni tez amalga oshiradi.
Shunday ekan, ko‘ramiz, ammo u ertaga maydonga tusha olmasligi aniq. Keyin esa u o‘zini qanday his qilishini va qanday rivojlanishini ko‘ramiz," - dedi bosh murabbiy Xavyer Maskerano.