"Everton" Jek Grilish bilan shartnoma tuzishga urinib ko'rishi mumkin.
talkSport xabariga ko'ra, "Sautgempton" Tayler Dibling uchun taklif etilgan 40 million funt sterlinglik so'nggi taklifni rad etib, 45+5 million funt sterling va qayta sotish summasining 25 foizini talab qilganidan so'ng, "Everton" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Grilish nomzodiga murojaat qilishi ehtimoli yuqori. Xabarlarga ko'ra, "Everton" Grilishga kuchli qiziqish bildirmoqda va jamoani kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda.
Avvalroq malum bo'lganidek, Grilish "Manchester Siti" bazasida jamoadan alohida mashg'ulot o'tkazayotgan edi. Futbolchi klubning yangi mavsum uchun rejalariga kirmayapti.