Superliga. OKMK Sanchesning dubli evaziga "Paxtakor" maydonida g'alaba qozondi

  • Mr.NoBoDy 05.08.2025 22:08
  • 57
  • 30

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – OKMK uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

17-tur

"Paxtakor" – OKMK 1:2

Toshkent. "Jar" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Shohruh Azamov

Komissar: Shahzod Xolboev

Gollar: 0:1 – 17, Ruben Sanches (Akrom Komilov), 1:1 – 47, Igor Sergeev, 1:2 – 81, Ruben Sanches (Nodir Abdurazzoqov)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev (50.Flamarion, 46), 7.Hojiakbar Alijonov, 11.Igor Sergeev (18.Bobir Abdixoliqov, 77), 17.Dostonbek Hamdamov (94.Brayan Riaskos, 46), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 87), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov (10.Aziz Turg'unboev, 46) 

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 8.Diyor Xolmatov, 20.Dilshod Abdullaev

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akrom Komilov (19.Ahmadullo Muqimjonov, 88), 4.Mirjamol Qosimov (8.Aziz Xolmurodov, 63), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldor Begimov, 88), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 16.Naoki Senaga (77.Nodir Abdurazzoqov, 63), 18.Ibrohim Yo'ldoshev (99.Asadbek Sobirjonov, 75)

Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 23.Ajak Riak, 27.Ali Abdurahmonov, 30.Abror Sarimsoqov

Ogohlantirishlar: Muhammadqodir Hamraliev (23), Akrom Komilov (37), Muhammadrasul Abdumajidov (37), Dilshod Ahmadaliev (53)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. O'lmasalievning bosh bilan yo'llagan zarbasini Nazarov egalladi. 

90+4. Sobirjonov qarshi hujumda qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

90+1. Tahsinning olisdan zarbasi to'singa tegib qaytdi.

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shildi.

88. OKMKda ikki o'zgarish.

87. "Paxtakor"da o'zgarish.

81. GOL! Abdurazzoqov jarimadan uzatgan to'pni Sanches yana bosh bilan "Paxtakor" darvozasiga joylab qo'ydi!

80. G'iyosov yiqitildi. OKMK foydasiga jarima zarbasi.

77. "Paxtakor"da o'zgarish.

75. OKMKda o'zgarish.

Hakam qarori: gol inobatga olinmadi.

68. GOL! Resanning pasidan so'ng Flamarion bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritdi. Hujumda to'qnashuv sodir bo'lgani uchun hakam VAR bilan vaziyatni muhokama qilmoqda.

66. Resanga tibbiy yordam ko'rsatildi.

63. OKMK tarkibida ikki o'zgarish.

62. Alijonovning olisdan yo'llagan zarbbasi noaniq.

60. Sergeevning jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytardi.

59. O'lmasaliev markazda Sobirxo'jaevni yiqitdi.

55. Sanches hujumda Tahsinga nisbatan fol ishlatdi. 

54. Resanning zarbasini Ilyosov qaytardi.

53. Ogohlantirish: Ahmadaliev

51. Zarba! Riaskos yaqin masofadan bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi.

47. GOL! Ikkinchi bo'limni birato'la uch o'zgarish bilan boshlagan "Paxtakor" tezkorlik bilan hisobni tenglashtirdi! Gol muallifi – Igor Sergeev.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Paxtakor"da uchta o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45+5. G'iyosovning jarima maydonida bergan pasini Hamraliev qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

45. Hamdamovning chap qanotdan uzatmasi noaniq ketdi.

37. Hakam qarori: Abdumajidov ogohlantirildi.

To'xtalish yuz berdi. Hakam ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqmoqda.

34. Zarba! Resanning kuchli zarbasini Ilyosov qaytardi.

33. Zarba! Hamdamov jarima maydonida chap oyoqda mo'ljalni noaniq oldi.

31. Zarba! Burchak uzatmasidan so'ng Hamraliev bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

30. Zarba! Resanning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

28. Alijonovning uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

23. Qo'pollik. Bundan avvalgi vaziyatda ham fol ishlatgan "Paxtakor" futbolchisi Hamraliev ogohlantirildi.

22. Qo'pollik. Abdurazzoqov yiqitildi.

19. "Paxtakor" burchak uzatmasidan so'ng hujumda fol ishlatildi.

17. GOL! Komilovning burchakdan uzatgan to'pini Sanches boshi bilan "Paxtakor" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!12. Zarba! G'iyosov raqib jarima maydonida noaniq zarba yo'lladi.

8. Zarba! Resanning birga-bir vaziyatda yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytardi, qaytgan to'pni Hamdamov darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

7. OKMKning o'ng qanot orqali uzatmasidan so'ng Nazarov to'pni egallab oldi. 

4. Zarba! Hamdamovning chap oyoqda jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, OKMK oq-kulrang rangli liboslarda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar