Kirnan Dyuzberi-Xoll "Chelsi"dan "Everton"ga o'tdi. Liverpul klubi 26 yoshli yarim himoyachining transferini elon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha shartnoma tuzishdi.
Fabricio Romanoning malumotlariga ko'ra, bitim summasi 25 million funt sterlingni tashkil etdi, yana 4 million funt sterling bonus sifatida to'lanadi.
2024 yil iyulida "Chelsi" Kirnan Dyuzberi-Xollni "Lester"dan 30 million funt sterlingga sotib olgan edi.
O'tgan mavsumda ingliz yarim himoyachisi APLda 13 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol uzatmasini berdi.