Mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar malum

  • Mr.NoBoDy 07.08.2025 18:16
  • 81
  • 30

Nufuzli "France Football" jurnali mavsum davomida mukofotlarga erishgan, o'zini faol namoyish etgan eng yaxshi murabbiyga beriladigan Yoxan Kroyf nomidagi sovrin uchun 5 nafar nomzod ro'yxatini taqdim etdi.

Ro'yxatdan Luis Enrike (PSJ), Antonio Konte ("Napoli"), Xansi Flik ("Barselona"), Enco Mareska ("Chelsi") va Arne Slot ("Liverpul") joy oldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili sovrin jamoasi bilan Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya Superkubogida g'alaba qozongan "Real" sobiq ustozi Karlo Anchelottiga nasib qilgandi.

2025 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi 22 sentyabrga belgilangan. Tadbir Parijdagi Shatle teatrida tashkil etiladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar