Bugun “Do‘stlik” stadionida 2026-yilgi U-20 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhi 3-tur o‘yinlari o’tkazildi.
Vladimir Panov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.
Jamoamizning gollarga, Diyora Baxtiyorova, Asalxon Aminjonova hamda Mehribon Egamberdiyeva mualliflik qildi.
Shu tariqa O’zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi guruhda 1-o’rinni egalladi va 2026-yil Tailandda o’tkaziladigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Shuningdek Iordaniya U-20 ayollar terma jamoasi eng yaxshi 2-o’rin evaziga Osiyo kubogi ishtirokchisiga aylandi.