Gamper kubogi. "Barselona" "Komo"ni tor-mor etdi, Fermin va Yamal dubl qayd etdi

  • Mr.NoBoDy 11.08.2025 02:16
  • 45
  • 30

"Barselona" Gamper kubogi doirasida "Komo"ni qabul qildi.

Joan Gamper kubogi - "Barselona" tomonidan har yili o'tkaziladigan o'rtoqlik turniri. U 1997 yildan beri bitta o'yindan iborat. "Blaugrana" 46 marta, jumladan so'nggi 11 marta sovrinni ketma-ket qo'lga kiritgan.

Dastlab, Gamper kubogi yangilangan "Kamp Nou"da o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo "Barselona" Barselona shahar kengashi licenziyasini olishdagi muammolar tufayli buni amalga oshira olmaydi.


"Barselona" — "Komo" 5:0

Gollar: 1:0 – Fermin (21), 2:0 – Fermin (35), 3:0 – Rafinya (37), 4:0 – Yamal (42), 5:0 – Yamal (49).

"Barselona": Joan Garsiya, Balde, Arauxo, Kubarsi, Erik Garsiya (Kunde, 46), de Yong, Pedri, Fermin, Rafinya, Yamal, Reshford (Torres, 46).

"Komo": Byute, Kempf, Vale (Moreno, 55), Voyvoda, van der Brempt (Ramon, 46), Serdji Roberto, Pas, Baturina (Kakre, 55), Ason (Da Kunya, 46), Duvikas (Rodriges, 46), Addai (Diao, 55).



Match-senterda ochish



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar