"Fotospor" malumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi prezidenti Serdar Adali yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun hamma narsani qilishi, biroq yakuniy qaror futbolchining o'ziga bog'liq bo'lishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, matbuotda Sancho yana Dortmundning "Borussiya"siga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Jeydon Sancho o'tgan mavsum ijara asosida "Chelsi"da o'ynagandi. London klubi tarkibida Premer-ligada 31 o'yin o'tkazib, 3 ta to'p kiritgan va 4 ta golli pas uzatgan edi.