Peres o'tgan mavsumda ECHLda g'alaba qozongani uchun "Real"ning har bir futbolchisiga 900 ming evrodan to'lagan

  • Mr.NoBoDy 30.03.2025 16:24
  • 303
  • 30

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres o'tgan mavsumda futbolchilarga yutuqlari uchun mukofot puli sifatida 40 mln evro to'ladi.

Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchilari o'tgan yilgi Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozongani uchun 900 ming evrodan olishgan. O'sha o'yinda "Real" Dortmundning "Borussiya"sini 2:0 hisobida mag'lub etgandi.

"Real" rahbariyati joriy mavsumda musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan taqdirda futbolchilarga katta miqdorda mukofot pullari to'lashni rejalashtirmoqda. "Qaymoqranglilar" futbolchilari yozda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonish ortidan 650 ming evrodan olishlari mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar