"Surxon" – "Bunyodkor" 2:0 LIVE
Gol: 17 - Rustam Turdimurodov, 34 - Asilbek Jumaev (Behzod Shamsiev)
13 avgust 2025. Termiz, "Surxon Arena". 20:00
Hakamlar: Naim Qosimov, Zufar Eliboev, Artyom Kalinin, Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Elnur Doniyorov
"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherbo'taev, 10.Rustam Turdimurodov, 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov, 27.Asilbek Jumaev, 66.Behruz Shaydulov, 77.Asadbek Karimov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 2.Behruz Karimov, 9.Muhsin Bozorov, 14.Sarvar Abduhamidov, 15.Diyor Ramazonov, 18.Nodir Abduxoliqov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 20.Sardorbek Mahmudov, 26.Behruz Shukurullaev.
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Nikoloz Mali, 5.Aleksandr Zevadinov, 8.Martin Shroler, 9.Imeda Ashortia, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 23.Asadbek Rahimjonov, 57.Amir To'raqulov, 77.Muzaffar Olimjonov.
Zaxira: 22.Valijon Rahimov, 10.Rasul Yo'ldoshev, 17.Ollobergan Karimov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 25.Itsuki Urata, 28.Matiya Krivokapich, 30.Sardor Abdunabiev, 33.Abdulaziz Abdurashidov, 66.Azizbek To'lqinbekov.
YANGILASH
36. Uchrashuvni ancha yaxshi boshlagan toshkentliklar oxirgi daqiqalarda umuman o'zlariga o'xshashmayapti
34. GOOOL. Shamsievdan super uzatma. Jumaev esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Shamsievning uzatmasiga esa shunchaki qoil. Shamsiev "Kross"ni "yoqib oldi"
30. Tursunov yaxshi uzatmani amalga oshirdi, Turdimurodov to'pga ozgina etib kela olmadi
26. Martin Shrolerning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Dilshod Yo'ldoshev qaytarmoqda
23. Mezbonlar ikkinchi golini urdi. Biroq Nayim Karimov zarbadan bir necha soniya avval qo'pollik uchun xushtakni chalgandi
19. Mezbonlar ikkinchi golini ham urishi mumkin edi. Shamsievning zarbasi xavfli chiqdi. Abdujalilovdan seyv
17. GOOOL. Rustam Turdimurodov raqib himoyachilaridan qaytgan to'pni uzoqdan to'xtatmasdan zarba yo'lladi va chiroyli gol urmoqda. Uchrashuvda biroz ustunlikka ega bo'lgan "qaldirg'ochlar" o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi
16. Uchrashuv ancha hujumkor o'tmoqda. Jumaev chiroyli harakatlar bilan raqiblaridan o'tdi va to'pni Sherbo'taevga uzatdi. Biroq Humoyunning zarbasi noaniq
15. Mezbonlarning o'rtadagi xatosi jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi. Biroq jamoa sardori Shamsiev ajoyib harakat qildi. U darvozabon o'rnida to'pni qaytarmoqda
14. Sherzod Komilovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi
Bugungi Behruz Shaydulov uchun "uchar tulporlar" safidagi yubiley 150-uchrashuvi bo'lmoqda
11. Mezbonlar ham asta-sekinlik bilan hujum tashkil qilishga intilmoqda. Hozircha surxonliklar safida Turdimurodov sheriklaridan ajralib turibdi
5. Yana "qaldirg'ochlar"dan hujum. Mehmonlar dastlabki 5 daqiqa ichida 3-zarbasini yo'lladi. Yo'ldoshev o'z o'rnida
4. Mehmonlar uchrashuvni hujumkor boshlashdi. Imeda Ashortianing zarbasi noaniq ketdi
2. Olimjonov chap qanotdan katta tezlikda jarima maydoni ichiga kirib zarba yo'lladi, Dilshod Yo'ldoshevdan esa ilk seyv
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.