27 yoshli futbolchining ko'p jarohat olishi va Fermin Lopesning ajoyib o'yin ko'rsatishi kataloniyaliklarning ushbu qarorga kelishlariga sabab bo'lgan.
Futbolchini 60 million evroga sotishni reja qilishgan. Hozirda Dani Olmoga APL va Saudiya jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Hujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsum Kataloniya jamoasi safida jami 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 12 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Dani Olmoni 2024 yilning yozida "Leypcig" klubidan 55+7 mln evroga sotib oldi.