"Manchester Siti" Edersonni Janluiji Donnarummaga nisbatan afzal bilmoqda.
Avvalroq, ingliz klubi braziliyalik futbolchi ketgan taqdirda PSJ darvozabonini o'z safiga qo'shib olishi mumkinligi malum bo'lgandi.
ESPN xabariga ko'ra, "shaharliklar" Edersonni saqlab qolishni xohlashmoqda, ammo Donnarumma transferi ham istisno etilmayapti. Bu kelishuv braziliyalik futbolchining o'zi ketishga ruxsat so'rashi va biror klub uning transfer qiymatiga mos taklif berishi bilan bog'liq bo'ladi.
Hozirgi vaqtda "Siti" 31 yoshli darvozabon bo'yicha boshqa jamoalardan hech qanday taklif olmagan.