Bu haqda "Madrid-Barcelona" xabar berdi.
"Qaymoqranglilar"ni "ko'klar"ning moliyaviy talablari qoniqtirmadi.
Londonliklar futbolchi uchun 120 million evro talab qilgan. "Blankos" bu miqdorni juda yuqori deb hisoblagan. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres argentinalik o'yinchi uchun buncha katta pul to'lamasligini aytdi.
Ayni paytda markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning talablaridan biri bo'lib qolmoqda. Ammo "qaymoqranglilar" yoz oxirigacha hech kim bilan shartnoma imzolamasligi ehtimoli yuqori. Agar "Real" o'z o'yinchilaridan birini yaxshi narxga sota olsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.