Gvardiola tarkibdan norozi ekanligini malum qildi

  • Mr.NoBoDy 17.08.2025 09:00
  • 54
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola tarkibning kattaligi sababli muammolarga uchrayotgani haqida gapirdi.

"Tarkibdan mamnunmanmi? Yo'q, bizda juda ko'p o'yinchilar bor. Bugun jamoada Rodri, Foden, Kovachich va Saviolar yo'q edi, Ake va Gyundogan esa zaxira o'rindig'ida qolib ketishdi. Menga barcha turnirlarga etarli futbolchi borligi yoqadi, lekin hech kim tarkibdan chetda qolishini istamayman. Bu holat o'tgan mavsumda ham sodir bo'lgandi, bunday holatda jamoaning ichki muhitini yaxshi holatda ushlab turish juda qiyin bo'ladi. Vaziyat avvalgidek qolmoqda, biz o'yinchilar va ularning agentlari bilan vaziyatdan chiqish yo'lini topishimiz kerak, aks holda jamoaviy ruhni saqlab qolish qiyin bo'ladi", - dedi Gvardiola.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar