Fevzi Davletov: "Bunyodkor" bilan o'yinda ko'p energiya yo'qotdik, "Qo'qon-1912"da tiklanish uchun ko'proq vaqt bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 17.08.2025 21:08
  • 63
  • 30

Superliganing 19-turi doirasida Termizning "Surxon" jamoasi "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi (0:2).

Uchrashuvdan so'ng jamoa ustozi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi. 


"O'yin haqida nima deyish mumkin? Ilk daqiqalardan o'zimizga penalti olib keldik. Sariq kartochkalar oldik. Boz ustiga bugun raqib ko'proq himoyalanishga majbur qildi. Bu mag'lubiyatga o'zimiz aybdormiz. Bugun raqibga imkoniyat berishimiz mumkin emasdi. Qaysidir manoda mag'lubiyatga loyiq emasdik, agarda penalti bo'lmaganida hammasi boshqacha kechishi mumkin edi. Bo'ladigan ish bo'ldi", - deydi Fevzi Davletov. 




- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi. Bunga sabab nima?

- Ayrim o'zgarishlarga qilishga harakat qildik. Fikrimcha, "Bunyodkor" bilan o'yinda haddan tashqari ko'p hissiyotlarga berilib yubordik va energiya sarfladik. Natijada tiklana olganimiz yo'q. "Qo'qon-1912"da esa tiklanish uchun ko'proq vaqt bo'ldi. Shu bois bizga hissiyot va energiya kamlik qildi. Bu hammasi tiklanish bilan bog'liq.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar