Superliga, 19-tur
"Mashal" — "Andijon" 1:0
17 avgust 2025 yil. G'uzor, "Sho'rtan" stadioni. 19:00
Hakamlar: To'rabek Suyunov, Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzakov, Akmal Raximov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Shohruh Said
Gol: Humoyun Murtozaev 41, - 1:0 (Anvar Murodov).
"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 6.Javohir Abdualimov (5.Samandar Ochilov, 74), 7.Islombek Baratov (9.Ibrohim G'anixonov, 81), 8.Sardor Abduraimov (19.Islom Sharipov, 74), 10.Humoyun Murtozaev (57.Aminu Umar, 81), 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Anvar Murodov (13.Nuriddin Nuridinov, 90+5), 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo'raev, 80.Dmitriy Yashin
Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 18.Dilshod Rahmatullaev, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 37.Sherzod Fayziev,
"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov (13.Sardorbek Azimov, 36), 4.Islom Mamatkazin, 6.Altin Kreyziu, 7.Ismoil Akinade (71.Bektemir Abdumannonov, 46), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhodjon Sohibjonov (23.Doniyor Abdumannopov, 46), 26.Muhammadkarim Toirov (10.Ilhomjon Abdug'aniev, 65), 27.Kristian Novak, 99.Muhammadali Usmonov (18.Damir Temirov, 46)
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Abubakir Ashurov, 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 22.Usmonali Ismonaliev,
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+8. O'yin tugadi. "Mashal" - "Andijon" 1:0
90+6. "Mashal"da jarima to'pi, uzatib berilgan to'pni Nuriddinov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq
90+5. O'zgarish. "Mashal". Murodov o'rniga Nuriddinov tushdi
90+2. Zarba! Jo'raqo'zievning zarbasi ancha noaniq ketdi
90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi
85. Bugun "Mashal" "Andijon"ga deyarli imkoniyat bergani yo'q, Yashin himoyada juda yaxshi o'ynadi
81. O'zgarishlar. "Mashal". Murtozaev va Baratov o'rniga Aminu Umar va G'anixonov tushdi
80. "Mashal" etakchilaridan biri Islombek Baratov jarohat olib maydonni tark etmoqda
79. ZARBA! Abdug'anievning jarima maydoni ichiga kirib bergan zarbasidan keyin To'xtaboev to'pni ushlab oldi!
74. O'zgarishlar. "Mashal". Abduraimov va Abdualimov o'rniga Ochilov va Sharipov tushdi
70. UXXX! "Andijon"ning hujumi, zarba yo'liga himoyachi Dmitriy Yashin to'g'anoq bo'ldi!
66. UXXX! Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Murtozaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!
65. O'zgarish. "Andijon". Toirov o'rniga Abdug'aniev tushdi
63. Muhammadkarim Toirov shifokorlar yordamiga muhtoj, u ham maydonni tark etadi shekilli
54. ZARBAAA! Abdumannonovning chiroyli uzatmasidan keyin Jo'raqo'ziev jarima maydoni ichidan zarba berdi, noaniq!
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. O'zgarishlar. "Andijon". Usmonov, Sohibjonov va Akinade o'rniga Temirov, Abdumannonov va Abdumannopov tushdi
45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0
45+2. Zarba! Nurjahon Muzaffarovning zarbasi noaniq chiqdi
45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi
43. UXX! "Andijon"ning hujumi, Jo'raqo'ziev noaniq zarba berdi,
41. GOL! Abduraimov-Murodov-Murtozaev kombinaciyasi gol bilan tugadi. Humoyun birga bir vaziyatga chiqib gol urdi - 1:0.
39. ZARBAAA! "Andijon"ning hujumi, Usmonovning o'ng tomondan uzatgan to'pini Toirov boshi bilan darvozaga yo'lladi, To'xtaboevdan seyv
36. O'zgarish. "Andijon". Jarohat olgan Hamidjonov o'rniga Azimov tushdi
35. ZARBAA! Sardor Abduraimovning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi noaniq ketdi!
32. ZARBA! ZARBA!! Baratovning zarbasini ham, Abduraimovning zarbasini ham Tokotaev qaytardi! Dabl seyv!
23. Hozirga qadar statistika: Zarbalar: 2:0, aniq zarbalar 0:0
22. Xavfli vaziyat! "Andijon"ning kam sonli hujumlaridan biri, Jo'raqo'zievdan avval To'xtaboev to'pga etib bordi va hujum to'xtadi
18. Burchak to'pi samara keltirmadi
18. UXXX! Baratov jarima to'pini amalga oshirdi, Muhammadali Aliqulovning boshi bilan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib darvozaga kirib ketishiga bir bahya qoldi, burchak to'pi.
6. Zarba! Humoyun Murtozaevning jarima maydoni yaqinidan erlatib tepgan to'pni darvoza yonidan o'tib ketdi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.