Maksim Shackix: "Menimcha, ayrim futbolchilarimiz hali hamon fikri hayoli bilan Pro Ligada"

  • Mr.NoBoDy 17.08.2025 22:48
  • 42
  • 30

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Andijon" (1:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda muxlislarimizdan uzr so'rayman. Ular uzoq yo'l bosib o'tishdi. Tabiiyki, ayb menda. Menimcha, ayrim futbolchilarimiz hali hamon fikri hayoli bilan Pro Ligada. Shu sababli ulardan imkonsiz narsa talab qilib yubordikmi deya o'ylab qoldim. Bugungi bahs ko'rsatdik-ki, bizda yaxshi baza bor. Yil so'ngida jiddiy xulosalar qilib olishimiz kerak bo'ladi. Kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarga bugun imkoniyat berib ko'rdik, ammo natija bo'lmadi. Futbolchilar o'z o'yinini tahlili qilib chiqadimi yoki yo'q, bilmayman. Ko'proq yo'q. Ayrim futbolchilar men aytgandek darajada menimcha", - dedi Maksim SHHackix bahs yakunlangach.


- Aleksandr Xomyakovning "Andijon"ni kuchliroq edimi yoki sizning jamoangiz? Xomyakov jamoasi ham birinchi davrada 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi..

- Xo'sh, nima qilibdi. Men savol mazmunini tushunmadim. Xomyakov jamoasi va Shackix jamoasi?

- Qay biri kuchliroq demoqchiman?

- Men savol mazmunini tushunmayapman.

- Legionerlarning bugungi o'yini sizni qoniqtirdimi?

- Yo'q.

- Tokotaevning bugungi o'yiniga baho berib o'tsangiz. U bugun ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi.

- Yaxshi futbolchi. Bugun hamma xato qildi. Ayniqsa birinchi bo'limda. Ikkinchi bo'limda yaratgan vaziyatlarimizdan keyin esa, hisob 5:1 bo'lishi kerak edi. Biroq 5:1 emas, 0:1 bilan tugadi. Har bir futbolchining individual mahorati. Bunga tasir o'tkazishning yagona usuli, mashg'ulotlarda yaxshiroq mehnat qilish.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar