Birozdan so'ng Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Kayserispor" o'yini boshlanadi.
Istanbulliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Transfer to'lovi bilan muammolar bo'layotgan yarim himoyachi Abbos Fayzullaev qaydnomada yo'q.