iks
ads

Vitaliy Levchenko: "G'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik"

  • Mr.NoBoDy 21.08.2025 22:24
  • 39
  • 30

Superliganing 20-turi doirasida "Neftchi" - "Mashal" bahsi yakunlanganidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Garchi hisob bizning foydamizga bo'lsa-da, o'yin juda asabiy o'tdi. Afsuski ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Buni to'g'rilash kerak. Biroq uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandman. Oldinga harakatlanishda davom etamiz.

- "Paxtakor"ga qarshi o'yingacha ko'p vaqt bor. Ungacha jamoa o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadimi?

- Ha, albatta. Hozir bir qancha jamoalar bilan muzokaralar ketmoqda. Hammasi aniq bo'lganidan keyin klub matbuot xizmati buni elon qiladi. Yashiradigan hech narsa yo'q. 

- Bugun Vladimir Yovovich ikkinchi taymda maydonga tushdi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Buni omma oldida aytish niyatim yo'q. Bu ichki ishlarga kiradi. Qisqacha aytish kerak bo'lsa, uning hali ishlaydigan jihatlari ko'p. 

Ўхшаш янгиликлар