- O'zlarini o'yinga bahsh qilgani, xohishi yuqoriligi uchun yigitlarga rahmat aytaman. "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin Buxoroga qaytdik, keyin Qarshiga keldik. Ikki kun qiyin o'tdi, bu paytda jamoani o'yinga tayyorlab bo'lmasdi, biz yigitlarni tiklashga harakat qildik. Futbolchilar bugun xarakter namoyish qilishdi va g'alabaga erishishdi. Ularga katta rahmat aytaman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'lim "Buxoro" ustunligi ostida o'tdi va bir qancha vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda charchoq evaziga himoyalanishga majbur bo'ldik va gol urib oldik. Sabr qildik va g'alabani ilib ketdik. Bu bilan barcha buxoroliklarni, klub rahbariyatini tabriklayman. Jamoa to'g'ri yo'lda, hali barchasi oldinda. Tarkibdagi futbolchilar yaxshi saviyada, faqatgina ularga ishonch berish kerak. Shundagina natijalar ham keladi.
- Bugun hakamning harakatlariga ko'plab etirozlar bildirdingiz. Buning sababi nimada?
- Kichik follarga va fol berilishi kerak bo'lmagan joylarda hushtak chalindi. Umuman olganda hakamlikka etirozim yo'q. Biz o'yindamiz, hakam ko'rganiga hushtak chaldi, biz esa hissiyotlarga berilaverdik. Bugun hakamlar yaxshi ishlashdi. Etirozlar umuman yo'q. Menimcha raqiblar buni tasdiqlasa kerak, o'yin teng bo'ldi, hakamlar professional ishlashdi.
- Urilgan goldan keyin Jo'rabekov maydonga tushirildi. Bu hisobni saqlab qolish uchun qilingan o'zgarishmidi?
- Shahboz universal futbolchi. U himoyada ham raqiblarni yopa oladi va hujumda agressivlik namoyish qilishi mumkin. U bugun himoyadan ko'ra ko'proq hujumda harakat qildi. Biz savollarni yo'qotish uchun ikkinchi golni urmoqchi edik. Lekin himoyada yaxshi o'ynab, gol o'tkazmasdan bitta gol urish ham g'alabaga etarli bo'ladi. Shahboz jamoaga yaxshiroq o'yin namoyish qilishi uchun yordam berdi.
- Hayrullaev yoki Amonov: ulardan qaysi biri bugungi g'alabaga ko'proq hissa qo'shdi?
- Biror kishini ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Chunki butun jamoa g'alaba uchun borini berdi. Bugun Ravshan Hayrullaevning tug'ilgan kuni edi, yigitlar g'alabani unga sovg'a qilishdi. Menimcha biror kishining g'alaba uchun katta ish qilgani emas, balki butun jamoaning o'yini muhimroq. Jamoadagi barcha natija uchun ishlamoqda. Futbolchilar bir-biri uchun o'ynashi kerak.