"Shtutgart"ning 24 yoshli yarim himoyachisi MYU tomonidan yarim himoyani kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Klubdagilar ushbu transfer uchun ichki ishlarni davom ettirmoqda. Mankunianliklar yozgi transferlar oynasi vaqtida yana bir yarim himoyachini sotib olishga harakat qilmoqda.
O'tgan mavsumda Shtiller Bundesliganing 32 o'yinida 1 gol va 8 assist qayd etdi. Unga "Real" tomonidan ham qiziqishlar bor.