Ushbu bahsda turk klubi o'z maydonida kichik hisobda mag'lub bo'ldi. Bahsda hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov to'liq 90 daqiqa o'ynagan bo'lsa, Abbosbek Fayzullaev 77-daqiqada o'yinga qo'shildi va debyutini amalga oshirdi. Tomonlarning javob o'yini 28 avgust kuni o'tkaziladi.
"Istanbul Bashakshehir" - "Krayova" 1:2
Gollar: Aleksandru Sidalchau (45+2, 0:1), Karlos Mora (61, 0:2), Festi Ebosele (87, 1:2).
"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Shengezer, Onur Bulut (Festi Ebosele, 83), Leo Duarte (Jerom Opoku, 45), Osseynu Ba, Kristofer Operi, Berat Ozdemir, Deniz Turuch (Abbosbek Fayzullaev, 77), Migel Krespo (Umut Gyunesh, 83), Omer Beyaz (Ivan Brnich, 46), Eldor Shomurodov, Nunu Do Kosta.
"Krayova": Pavlo Isenko, Yuray Badelj, Vladimir Skresiu, Oleksandr Romanchuk, Nikushor Banku, Aleksandru Sidalchau (Aleksandru Krecu, 90), Tudor Baluta, Teles (Anzor Mekabishvili, 89), Karlos Mora, Stefan Bayaram (Steven Nsimba, 72), Assad al-Hamlavi.
Ogohlantirish: Pavlo Isenko (41), Oleksandr Romanchuk (58), Muhammad Shengezer (62), Nikushor Banku (75), Aleksandru Sidalchau (90), Berat Ozdemir (90+4).