iks
ads

Murod Bobojonov: "So'nggi to'rt o'yinda uch gol? Bundan ham yaxshirog'iga harakat qilaman"

  • Mr.NoBoDy 24.08.2025 12:32
  • 48
  • 30

Superliganing 20-turidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Murod Bobojonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Oxirigacha kurashdik. G'alaba qozonish nasib etmagan ekan. Keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyat qozonamiz degan umiddaman. 

- "Xorazm"ning oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborayotgani haqida...

- Jamoa 15 yil deganda, Superliga ishtirokchisiga aylandi. Xatolar ustida ishlayapmiz. Futbolchilarda biroz tajriba va kuch-quvvat etishmayapti. Keyingi o'yinlarda oxirigacha kurashamiz. 

- Murod Bobojonov oxirgi to'rt o'yinda uchinchi golini urdi...

- Bundan ham yaxshiroq ko'rsatkichlar qayd etishga harakat qilaman. 

- Maydon holati haqida...

- Maydon yil boshida ajoyib holatda edi. Hozir esa unday deya olmayman. O'yin davomida to'xtovsiz harakatda bo'ldik, yigitlar borini berishdi, shu bois, ularda tomir tortishish alomatlari paydo bo'lgandir.

Ўхшаш янгиликлар