O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 27-avgust kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Jamoamiz 30-avgust sanasida U-23 Osiyo kubogi sarlashida ishtirok etish uchun Bishkekka yo‘l oladi. Ravshan Haydarov shogirdlari saralashda Shri-Lanka, Qirg‘iz Respublikasi va Falastinga qarshi bahs olib borishadi.
Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishing.