iks
ads

O'zbekiston U-23 terma jamoasining U-23 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibi malum

  • Mr.NoBoDy 25.08.2025 12:16
  • 48
  • 30

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 27 avgust kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Jamoa 30 avgust sanasida U-23 Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etish uchun Bishkekka yo'l oladi. Ravshan Haydarov shogirdlari saralashda Shri-Lanka, ????Qirg'iz Respublikasi va Falastinga qarshi bahs olib boradi. 

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Otabek Boymurodov ("Buxoro"), Samandar Muratbaev ("Olimpik-MobiUz"), Edem Nemanov ("Dinamo").

Himoyachilar: Diyor Ortiqboev ("Xorazm"), Otabek Ahadov ("So'g'diyona"), Izzatillo Po'latov ("Buxoro"), Mahmud Mahamadjonov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Saidafzalxon Axrorov (OKMK), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Zafarmurod Abdiraxmatov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Ravshan Xayrullaev ("Buxoro"), Sherzod Esanov, Sardorbek Bahromov ("Nasaf"), Oybek O'rmonjonov ("Dinamo"), Muhammadali O'rinboev ("Antverpen", Belgiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Asilbek Jumaev ("Surxon").

Hujumchilar: Aziz Xolmurodov (OKMK), Samandar Mavlonqulov ("So'g'diyona"), Rustam Turdimurodov ("Andijon").


Ўхшаш янгиликлар