iks
ads

Onana La Ligaga yo'l oladimi?

  • Mr.NoBoDy 26.08.2025 18:40
  • 60
  • 30

"Manchester Yunayted"ning kamerunlik darvozaboni Andre Onana yozgi transfer oynasida Manchester jamoasini tark etib, Ispaniya elit divizionidagi klublardan biriga o'tishi mumkin.

"Indykaila" xabariga ko'ra, "Betis" 29 yoshli futbolchini safida ko'rmoqchi. Ispaniya klubi rahbariyati joriy mavsum "Yunayted" safida hali maydonga tushmagan afrikalik darvozabonni ijaraga olish borasida "qizil iblislar" bilan kelishib olish niyatida. 

Bungacha matbuotda "Inter" Onanani qaytarishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Andre Onana o'tgan mavsum Angliya chempionatida 34 o'yin o'tkazgan bo'lsa, shulardan 9 tasida "nolga" turgan edi.

Ўхшаш янгиликлар