iks
ads

Xabi Alonso Ryudigerning jismoniy holati haqida to'xtaldi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2025 19:08
  • 60
  • 30

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso jurnalistlarga germaniyalik himoyachi Antonio Ryudigerning jismoniy holati haqida malumot berdi.

Alonso "Real"ning barcha futbolchilaridan maksimal darajada mehnat qilishni talab qilayotganini aytdi. Mutaxassisning takidlashicha, Ryudiger juda ishonchli va barqaror, bu juda muhim.

"Bizda himoya markazida o'ynashga tayyor futbolchilar borligi yaxshi. Eder Militao yaqinda jarohatdan so'ng 90 daqiqa o'ynadi, ammo uning holatini diqqat bilan kuzatishimiz kerak. Ryudiger juda ishonchli. Jamoada shunday himoyachi borligi ajoyib", – deya qo'shimcha qildi Alonso.

Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" La Liga yangi mavsumining dastlabki ikki uchrashuvida "Osasuna" va "Ovedo" ustidan g'alabaga erishdi.

Ўхшаш янгиликлар