Savol: Zamonaviy futbolda himoya chizig'a qanchalik kuchaygan. Siz o'ynagan va jahon chempioni bo'lgan davrdagi Italiya terma jamoasi kuchlimi yoki ayni paytda faoliyat yuritayotganimi?
Fabio Kannavaro: - Mening fikrimcha 2006-yilda jahon chempioni bo'lgan terma jamoamiz kuchliroq edi. Boisi hamma chiziqda eng mahoratli, betakror o'yinchilar jamlanishgandi. Bejizga chempion bulmaganmiz.
Zamonaviy futbolda himoya kanchalik kuchaygan degan savol ancha keng qamrovli. Hozirgi futbolda himoyachi faqat to'pni olib yurgan raqibga qarshi o'ynamasdan, butun maydonni va unda bo'ladigan voqealar rivojini oldinda ko'ra bilishi kerak. Boshqacha aytganda butun maydonni nazorat etib turishi lozim. Ayni paytda himoyachining vakolat doirasi kengaygan.