iks
ads

Mbappe, Dembele, Tyuram, Menyan, Sherki va Olise - Franciyaning Ukraina va Islandiya bilan o'yin uchun tarkibida, Ekitike esa yo'q

  • Mr.NoBoDy 27.08.2025 20:24
  • 334
  • 30

Dide Desham Franciya terma jamoasining bo'lajak o'yinlar uchun tarkibini malum qildi.

Francuzlar JCH-2026 saralashi doirasida 5 sentyabr kuni Polshada Ukraina bilan o'ynaydi, 9 sentyabr kuni esa Parijdagi "Park de Prens"da Islandiyani qabul qiladi.


Darvozabonlar: Lyuka Shevale (PSJ), Mayk Menyan ("Milan"), Bris Samba ("Renn");

Himoyachilar: Lyuka Din ("Aston Villa"), Malo Gyusto ("Chelsi"), Lyuka Ernandes (PSJ), Teo ("Al Hilol"), Ibrahim Konate ("Liverpul"), Jyul Kunde ("Barselona"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Dayo Upamekano ("Bavariya");

Yarim himoyachilar: Dezire Due (PSJ), Kuadio Kone ("Roma"), Adrien Rabo ("Marsel"), Orelen Chuameni ("Real"), Kefren Tyuram ("Yuventus");

Hujumchilar: Magn Akliush ("Monako"), Bredli Barkolya, Usmon Dembele (ikkalasi ham - PSJ), Rayan Sherki ("Manchester Siti"), Kilian Mbappe ("Real"), Maykl Olise ("Bavariya"), Markus Tyuram ("Inter").


"Liverpul"ning yangi futbolchisi Yugo Ekitike tarkibga kiritilmagan.


Ўхшаш янгиликлар