iks
ads

Adrien Rabo "Milan"ga o'tmaydi, onasi uning "Marsel"da qolishini istamoqda

  • Mr.NoBoDy 29.08.2025 10:00
  • 757
  • 30

Adrien Raboning onasi o'g'lining "Milan"ga o'tishiga qarshilik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, kiyim almashtirish xonasida Jonatan Rou bilan bo'lgan munozaradan keyin "Marsel" yarim himoyachini transferga qo'ygandi. Uning ketishidan klub 15 million evro ishlab olmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Milan" futbolchining qiziqishlarini himoya qiluvchi onasi Veronik Rabo bilan aloqaga chiqa olmagan va taklifini bermagan.

Bunga qadar "Milan" futbolchiga yiliga 5-6 million evro maosh va 2 mavsumlik shartnoma taklif qilgandi. Raboning onasi esa futbolchining "Milan"ga o'tishini istamayapti va "Marsel"da qolishiga ishonmoqda.

Rabo o'tgan mavsumda Franciya chempionatining 29 o'yinida 9 gol va 4 assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar