iks
ads

"Manchester Yunayted" Muhammadali O'rinboevning jamoadoshi bilan kelishib oldi - Here We Go!

  • Mr.NoBoDy 01.09.2025 16:32
  • 315
  • 30

"Manchester Yunayted" darvozabon Senne Lammens transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

"Qizil iblislar" "Antverpen"ga 21 mln evro to'laydi. Bonus to'lovlari tufayli miqdor oshishi mumkin.

23 yoshli Lammensning o'zi allaqachon "Manchester Yunayted" bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan. Transfer yaqin soatlarda rasman yakunlanadi.

Xabaringiz bor, "Manchester Yunayted"da darvozabonlar muammosi bor. Mavsum boshida Altay Bayindir so'nggi chiziqda ishonchli o'ynamayapti. Xuddi shuni Andre Onanaga nisbatan ham aytish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Angliyada transfer oynasi 1 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da yopiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar